DevOpsni o'z tilingizda. Noldan productiongacha.

uzdevops.uz — Linux, Docker, Kubernetes va CI/CD bo'yicha o'zbek tilidagi bepul video darslar, matnli qo'llanmalar va amaliy laboratoriyalar. Ro'yxatdan o'tish shart emas: darsni oching va boshlang.

Darslarni ko'rish Birinchi darsni ochish

8

Kurs yo'nalishi

12

Video dars

40+

Amaliy laboratoriya

100%

Bepul va ochiq

Nima o'rgatamiz
01

Linux va terminal

Har bir DevOps muhandisning poydevori: fayl tizimi, foydalanuvchilar, jarayonlar, bash skriptlar va SSH. Serverni birinchi kundan o'zingiz boshqarasiz.

02

Docker va konteynerlar

Ilovani konteynerga o'rash, image yasash, Docker Compose bilan bir necha xizmatni birga ishga tushirish — hammasi amaliy misollarda.

03

Kubernetes

Pod, Deployment, Service va Ingress — klaster qanday ishlashini chizmalar va jonli misollar orqali tushunasiz.

04

CI/CD va avtomatlashtirish

GitHub Actions bilan test, build va deploy'ni avtomatlashtirish. Kod push'dan productiongacha bo'lgan yo'lni o'zingiz qurasiz.

Amaliyot

Ko'rish emas — qilish

Har bir mavzu amaliy laboratoriya bilan yakunlanadi: tayyor muhit, aniq topshiriq va tekshiruv ro'yxati. Video ko'rib o'tirmaysiz — terminal ochasiz, xato qilasiz, tuzatasiz va shu tariqa o'rganasiz.